16:40 / 07.08.2017
28322

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati»da rahbar o‘zgardi

Bekoboddagi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining rahbariyatida o‘zgarish sodir bo‘ldi.

Shu vaqtgacha aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Alik Saidovich Nurutdinov o‘rniga Abdullo Xolmurodovich Xursanov tayinlangan. Bu haqda kombinatning rasmiy saytining rahbariyat bo‘limida xabar qilinmoqda.

A.Xursanov 1966 yilda tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar u «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktorining istiqboldagi rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top