23:46 / 07.08.2017
69889

Video: O‘zbekistonda Oyning qisman tutilishi kuzatildi

2017 yil hisobidan Oyning ikkinchi bor tutilishi yurtimizdan turib ko‘rindi. Oy sirtiga sayyoramizning ko‘lankasi tushishi Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da boshlandi. Soat 22:22 dan boshlab Yerning tim qora soyasi oy sirtini qoplay boshladi. Eng katta faza soat 23:20 ga to‘g‘ri keldi. To‘lin oy sirti Yerning ko‘lankasidan soat 01:50 da chiqib ketadi.

Joriy yildagi birinchi Oy tutilishi 11 fevralda sodir bo‘lgan, o‘shanda bu hodisa yurtimizning g‘arbiy hududlaridan turib kuzatilgan edi. O‘shanda Yerning soyasi emas, faqatgina ko‘lankasi Oy sirtiga tushgan edi.

2018 yilda ham 2 marta Oy tutilishi kuzatiladi. Uning dastlabkisi 31 yanvar kuni ro‘y beradi va bu hodisani asosan Tinch okeani mintaqasi to‘liq kuzatadi. O‘zbekistondan bu hodisa qisman ko‘rinadi. Biroq 27 iyulda ro‘y beradigan ikkinchi tutilishning eng qizg‘in pallasi O‘zbekistondan bemalol ko‘rinishi bilan birga, Yer soyasi Oy sirtini to‘liq qoplashi bilan ham kam kuzatiladigan qiziqarli tabiat hodisasi bo‘ladi.

 

Top