09:41 / 08.08.2017
4659

Afg‘oniston elchisi O‘zbekiston TIVda muzokaralar o‘tkazdi

2017 yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining so‘nggi uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni ruyobga chiqarishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tashriflarga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Top