11:07 / 08.08.2017
37623

AQShda 16 yildan so‘ng, 11 sentabr voqealari qurbonining shaxsi aniqlandi

Foto: AFP

2001 yil 11 sentabr voqealaridan so‘ng 16 yil o‘tgach, AQShda terakt qurbonidan birining shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Uning kimligi DNK tahlili yordamida aniqlangan. Qurbonning ismi-sharifi oila a'zolarining iltimosiga binoan e'lon qilinmayapti. 

Xabar qilinishicha, 2015 yildan buyon ilk marotaba 9/11 terakti qurbonining shaxsi aniqlanmoqda.

2001 yil 11 sentabrida "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining xudkush a'zolari AQShda 4 ta yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ulardan ikkitasini Nyu Yorkdagi Jahon savdo markazi majmuasining egizak binolariga, yana ikkitasini Pentagon va ehtimollarga ko‘ra, Oq uy yoki Kapitoliyga yo‘naltirishgan. Samolyotlarning 3tasi nishonga yetgan. To‘rtinchisi Pensilvaniyadagi Shanksvill shahri yaqiniga qulab tushgan. 11 sentabr voqealarida 2974 kishi qurbon bo‘ldi, 24 kishi bedarak yo‘qoldi. 

Top