14:04 / 08.08.2017
6247

Bodrumda zilzila yuz berdi

Turkiyaning Bodrum shahrida 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar qilmoqda.

Yer silkinishi o‘chog‘i Bodrumdan 14 kilometr masofada, 10 kilometrlik yer tubida joylashgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yo‘q.

21 iyulga o‘tar kechasi Turkiyaning Bodrum shahri qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali kuchli zilzila yuz bergandi. Gretsiyada esa ushbu kuchli zilzila sabab bir necha kishi halok bo‘ldi.

Top