20:08 / 08.08.2017
13583

Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchilari orasida yuqumli kasallik tarqaldi

Ayni kunlarda Londonda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining 30 ishtirokchisi – sportchilar, murabbiylar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar gastroenterit yuqumli kasalligidan davolanishmoqda. BBC Sport’ning britaniyalik shifokorlarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, barcha kasallanganlar Tower Hotel mehmonxonasida yashashgan va turli terma jamoalar a'zolaridir.

Mehmonxona rahbariyatining ta'kidlashicha, infeksiya manbasi mehmonxonadan tashqarida joylashgan. 

Yuqumli kasallikning ommaviy tarqalishi haqida ilk bor 7 avgustda ma'lum bo‘lgan.  

Gastroenterit oshqozon va ingichka ichakning yallig‘lanishi bo‘lib, qayt qilish, diareya, ichki og‘riqlar va spazmlar bilan kechadi.

Jahon chempionati 4 avgustda boshlangan va 13 avgustgacha davom etadi.

Mavzuga oid
Top