18:04 / 08.08.2017
10847

Medvedev 2008 yildagi hodisalar haqida: «Rossiya o‘z fuqarolarini himoya qilishga har doim tayyor»

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2008 yilning 8 avgust Janubiy Osetiyada yuz bergan hodisalarga 9 yil to‘lishi munosabati bilan o‘sha voqealarni eslab o‘tdi. Uning ma'lum qilishicha, tinchlikka majburlash bo‘yicha amaliyot qonun asosida o‘tkazilgan, boshqachasiga yo‘l tutish mumkin ham emasdi.

«Ochig‘ini tan olaman, 2008 yilning 8 avgustiga qadar 21 asrda kimdir «Do‘llar»dan o‘z uylarida uxlab yotgan qariyalar, ayollar va bolalarni o‘qqa tutishi mumkin ekanini tasavvurga ham sig‘dirib bo‘lmasdi. Biroq, afsuski, bugun bizda bu borada juda shafqatsiz misollar bor. Bir narsaga shubha bo‘lishi mumkin emas – Rossiya har doim o‘z fuqarolarini himoya qilishga tayyor», - deya yozdi Medvedev Facebook’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «tinchgina uxlab yotgan Tsxinvalga, rus tinchlikparvarlariga hujum Gruziyaning o‘sha paytdagi rahbariyati tomonidan razillik bilan tashkil etilgan va amalga oshirilgan».

Avvalroq Gruziya parlamentining sobiq raisi Nino Burjanadze 2008 yildagi urushni Saakashvili boshlagani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top