21:07 / 08.08.2017
19862

Neymar «Barselona» ustidan shikoyat qilishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Neymar bonuslar to‘lanmagani uchun FIFAga «Barselona» ustidan shikoyat qilishi mumkin.

Sky Sports xabarida qayd etilishicha, katalonlar jamoasi braziliyalik futbolchining otasiga u o‘g‘li o‘tgan yilda shartnomani uzaytirishida vositachi bo‘lgani uchun kelishilgan 23 million funtni to‘lamagan.

Hozircha FIFAga rasman shikoyat yo‘llanmagan, lekin bunday ehtimol ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar o‘tgan haftada «Barselona»dan «PSJ»ga rekord darajadagi mablag‘ evaziga transfer qilindi. Parijliklar uning transferi uchun 222 million yevro to‘ladi va yiliga 30 mln yevro to‘lash ko‘zda tutilgan 5 yillik shartnoma imzolandi. Bu transfer doirasida Neymarning otasiga ham bonus berilgan.

Top