20:04 / 08.08.2017
15137

Saudiya Arabistoni havo yo‘llarida «kiyinish odobi» joriy etildi

Saudiya Arabistoniga qo‘nuvchi samolyotlardagi yo‘lovchilar uchun joriy qilingan «kiyinish odobi» ko‘pchilikni taajjubga solmaydi, negaki, bu mamlakatdagi sunniy aqidalariga asosan boshqariladi. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan bu yangilik tanqidga ham uchrab turibdi.

Yaqin Sharq mintaqasidagi eng boy xalqlarning biri hisoblangan arablar yo‘lovchilardan «boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaydigan va kamsitmaydigan» ravishda kiyinishni so‘ramoqda.

«Ayollar juda tor yoki shaffof kiyimlarni kiyish, qo‘l va oyoqlari ochiq holda kiyinish mumkin emas. Erkaklar ham oyoqlari ochiq holda kalta kiyimlar kiyishi man etiladi», - deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar bu o‘zgarishni ijobiy qabul qilgan, ammo xorijlik sayyohlar uchun Saudiyaga tashrif buyurish mushkul vazifasiga aylanib qolishini alohida ta'kidlashmoqda.

«Demak, aeroportda yangi kiyim sotib olish yoki parvozni bekor qilish kerak ekan», - deydi ulardan biri. 

Top