17:24 / 08.08.2017
5333

Tramp KXDRga bosim o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga minnatdorchilik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasi orqali Shimoliy Koreyaning raketa dasturiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga minnatdorchilik bildirdi

"Uzoq yillik ziddiyatlardan keyin mamlakatlar nihoyat  Shimoliy Koreya solayotgan tahdidlarga javob qaytarish uchun yig‘ilishdi", - deb yozadi u. 

Shuningdek Amerika prezidenti AQSh va boshqa mamlakatlar o‘z maqsadlarida "qat'iy turishlari kerak"ligini ta'kidladi. 

5 avgust kuni BMT Xafsizlik Kengashi bir ovozdan KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatladi. Bunga Shimoliy Koreya tomonidan ikki qit'alararo ballistik raketaning ishga tushirilishi sabab bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, Shimoliy Koreyaning ittifoqdoshlari hisoblangan Rossiya va Xitoy ham sanksiyalarni kuchaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.

Yaponiya TIV vakili Tosixide Ando ham BMT saksiyalarini kuchaytirishni qo‘llab chiqdi. U shuningdek Pxenyan bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish emas, unga "samarali bosim" o‘tkazishga chaqirdi. 

Top