17:45 / 08.08.2017
43931

O‘zLiDeP yetakchisi tuman hokimiga aylandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijro qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev o‘z arizasiga ko‘ra partiya liderligidan ketgan.

«Kun» manbasi ma'lumot berishicha, xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida u Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga rahbar etib tayinlangan.

Shu vaqtgacha tumanga Shuhratbek Qamchiyev hokimlik qilayotgandi.

Sodiqjon Turdiyev Respublika fermerlar kengashi rahbarligidan ham ketgan. Biroz avvalroq, O‘zbekiston fermerlari Kengashiga Bahodir Yusupov yangi rahbar bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda siyosiy partiyalar ishtirokidagi videoselektorda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDepni keskin tanqid qilgandi.

Top