18:53 / 08.08.2017
14623

Baxtiyor Yoqubov Sodiqjon Turdiyev o‘rnida O‘zLiDePga rahbarlik qiladi

Bugun, 8 avgust kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 9-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rilgan. 

«Kun» nashrining ishonchli manbasi xabar berishicha, partiya siyosiy kengashining ijroiya qo‘mitasi raisligi Baxtiyor Yoqubovga yuklatilgan.

U biroz avvalroq o‘z arizasiga binoan raislikdan ozod etilgan Sodiqjon Turdiyev o‘rnida rais vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.

Bu ma'lumotni partiya vakili, Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham feysbukdagi sahifasida tasdiqlagan.

Baxtiyor Yoqubov 2005 yildan buyon O‘zLiDeP ijro qo‘mitasi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Yig‘ilishda 12 iyul kuni parlament palatalari va partiyalar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakat Prezidenti tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ustuvor vazfalar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, partiyaning endilikda sobiq lideri Sodiqjon Turdiyev Andijon viloyati Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlandi.

Top