20:07 / 09.08.2017
6608

AQSh Iroq shimolida o‘z harbiy bazasini qurmoqda

Foto:aa.com.tr

AQSh Iroqning Tall-Afar shahri yaqinidagi asosan turkmanlar istiqomat qiluvchi hududda o‘z harbiy bazasini qurmoqda.

Iroq Harbiy Kuchlar (HK) polkovnigi Mahdiy Al-Xafajiyning "Anadolu" agentligiga ma'lum qilishicha, baza o‘tgan hafta Mo‘sul g‘arbida Iroq armiyasi va AQSh vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarga muvofiq yaratilmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bazaning qurilish ishlari 50 foizga tugallangan va u yerda Amerika zirhli texnikasi hamda harbiy mutaxassislar joylashtirilgan. 

Harbiy baza Tall-Afarni IShIDdan ozod qilish operatsiyalari doirasida faoliyat yuritadi. 

Top