13:02 / 09.08.2017
8762

Chernogoriya poytaxtida kuchli portlash yuz berdi

Chernogoriya poytaxti Podgoritsada kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda RTCG xabar tarqatgan.

Portlash shahardagi ibodatxonadan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan ofisli binoda mahalliy vaqt bilan soat 3:00lar atrofida (Toshkent vaqti bilan soat 6:00da) yuz bergan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Qo‘shni binolar zararlandi, bundan tashqari, bir necha avtomobilga ham zarar yetgan.

Portlash shaharning barcha qismlarida eshitilgan. Politsiya voqeaga nima sabab bo‘lganini aniqlashtirmoqda.

Top