15:53 / 09.08.2017
6043

Kibersport Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin

Kibersport 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Washington Post.

«Biz hammasini o‘rganib chiqishimiz lozim. Shunchaki, bu bizga kerak emas va Olimpiadaga aloqasi yo‘q, deya olmaymiz. Yoshlar kibersportga qiziqadi. Keling, shu masalani ko‘rib chiqamiz. Keling uchrashamiz va ko‘priklar qurishga urinib ko‘ramiz.

Men boshidan «yo‘q» demoqchi emasman. O‘ylashimcha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, shuningdek, kibersportdagi kishilar bilan o‘zaro ishlash qiziq bo‘ladi. Bu jarayonni yaxshiroq bilish va u nega bu qadar muvaffaqiyatli ekanini tushunishda yordam beradi», - deya xabar berdi «Parij-2024» murojaat qo‘mitasi raisi Toni Estange.

2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari Parijda bo‘lib o‘tadi, keyin esa to‘rt yillikning eng yirik musobaqasini Los-Anjyeles o‘zida qabul qiladi.

Mavzuga oid
Top