09:25 / 09.08.2017
165707

Farg‘onada “Damas” ichida bo‘lgan 4 kishi tiriklayin yonib ketdi (Video)

6 avgust kuni soat 20:30 larda Farg‘ona viloyatining Quva tumani Mingchinor qishlog‘ida “Damas” mashinasida to‘rt kishi tiriklayin yonib ketdi. Bu haqda 1news.uz xabar tarqatgan.

Hodisaga guvoh bo‘lganlarning ma'lumotiga ko‘ra, bu vaqtda “Damas” va “Captiva” avtomobillari to‘qnashib ketgan.

"Zarbadan so‘ng “Damas”da yong‘in yuzaga keldi, uning ichida avtomashina haydovchisi va uch yo‘lovchi bor edi. Natijada salonning ichida bo‘lgan barcha kishilar tiriklayin yonib ketdi", - deya ta'kidlab o‘tgan YTHga guvoh bo‘lganlardan biri.

Xabarda aytilishicha, bu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.

 

 

Top