09:54 / 09.08.2017
8928

OAV: Rossiya, AQSh va Isroil Suriya bo‘yicha maxfiy uchrashuvlar o‘tkazdi

Foto : SANA

Isroil, AQSh va Rossiya Iordaniya poytaxti Amman va Yevropa davlatlaridan birining poytaxtida Suriya bo‘yicha qator maxfiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Haaretz gazetasi yozmoqda.

Xabar qilinishicha, uchrashuv davomida Suriya janubida o‘t ochishni to‘xtatish mavzusi muhokama qilingan.

Nashrning bildirishicha, muzokaralar Rossiya va AQSh «kelishuv» haqida ma'lum qilishidan bir necha kun avval o‘tkazilgan.

Ta'kidlanishicha, Isroil tomoni uchrashuv davomida Eronning Suriyada bo‘lishi yuzasidan norozilik bildirgan.

Avvalroq Raqqada koalitsiya aviazarbasi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Top