15:34 / 09.08.2017
46360

Prezident videoselektor o‘tkazmoqda

9 avgust kuni soat 16:00da O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

«Kun» manbasi ma'lumot berishicha, videoselektor kun tartibidan Respublika bosh vaziri, bosh vazir o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining kamchiliklar va muammoli masalalarni bartaraf etish samaradorligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilda respublika hududlarida ishlarning holatini o‘rganish davomida berilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan mas'uliyatini ko‘rib chiqish o‘rin olgan.

Shuningdek, yig‘ilishda hududlar iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar muhokama etiladi.

Videoselektorda amaldorlarga barcha viloyatlardagi kamchiliklar aks etgan videofilm qo‘yib berildi

Prezident Toshkent viloyati hokimini qattiq tanqid qildi

«Ikki yildan keyin hamma joyga yosh, vatanni sevgan kadrlar keladi» — Prezident

Top