20:15 / 09.08.2017
83986
Shavkat Mirziyoyev: «Zavod direktori bo‘lsa senator qilib saylayverish kerak emas»

Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

«Kun» muxbiri xabar berishicha, prezident rahbarlar talab darajasida ish olib bora olmayotganini qayd etgan.

«Hamma ham bugungi talablarga javob bermayapti. Yana vazirlarni va katta tashkilotlar rahbarlarini almashtirishimga to‘g‘ri keladi.

Ko‘p gapirayapmiz, ko‘p qog‘oz chiqayapti, lekin ish bo‘lmayapti. Lekin ko‘pchilik aravani torta olmayapti. 

Bu arava og‘ir arava. Uni faqat Vazirlar Mahkamasi va prezident tortishi kerak deb o‘ylaydiganlarni almashtiraman. Kerak bo‘lsa, 50 foiz kishini almashtiraman.

Juma kuni Toshkent viloyatiga chiqishga majbur bo‘layapman. Bu viloyatda hokim tartib o‘rnata olmayapti. Intizom yo‘q - aravani tortish yo‘q», deya ta'kidlagan prezident.

Prezident Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga yuzlangan.

«O‘rtoq Yo‘ldoshev, bironta senatoringiz ish qilolmaydi. Vatanparvar emas hech qaysisi.

Zavod direktori bo‘lsa senator qilaverish kerak emas. Senator vatanparvar va fidoiy odam bo‘lishi kerak», degan prezident.

Bundan oldinroq prezident Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyevni tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Top