15:33 / 09.08.2017
8203

Sergelidagi avtomobil bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Sergeli tumanida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sergeli tumanida 8 avgust kuni soat 10:30da, 1997 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi Z.D. Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida turgan, 1994 yilda tug‘ilgan Sergeli tumani 8A-dahada yashovchi X.X.ga tegishli bo‘lgan, narxi 1.200.000 so‘mlik bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovining orqa tortish moslamasini o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida ehtiyot qism olingan.

Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-modda 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top