14:42 / 10.08.2017
5794

Assanj Google'dan haydalgan mutaxassisga ish taklif qildi

Julian Assanj Google’dan ayollar IT sohada muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytgani sabab ishdan bo‘shatilgan Jyeyms Deymorga WikiLeaks’da ish taklif qildi. Bu haqda Assanj tvitterdagi sahifasida yozgan.

Deymor hamkasblariga 10 betdan iborat xat yuborib, unda jinsiy jihatdan notenglikka e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoada jins bo‘yicha ajratish erkak va ayollar o‘rtasidagi biologik farq hisobidan paydo bo‘lgan, Google esa, IT-sohada ayollar huquqlarini tenglashtirishga urinib, bu farqni yanada kuchaytirmoqda va mojarolarni keltirib chiqarmoqda.

Oradan bir qancha vaqt o‘tgach esa, Jyeyms Deymor Google’dan erkaklar texnologik sohaga biologik jihatdan ayollarga qaraganda ko‘proq moyil bo‘lishi haqida ma'lum qilgani tufayli ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risida ma'lumot paydo bo‘ldi. Assanj mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi hamda unga “qo‘rqoqlar uchun senzura” so‘zlari bilan ish taklif etdi.

Avvalroq 60dan ortiq ayol Google’ni sudga bermoqchi ekani xabar qilingandi.

Top