14:22 / 10.08.2017
11576

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqorilab 64-o‘rinni band etdi 

Osiyo futbol konfederatsiyasida eng yaxshi natija Eronga tegishli bo‘lib turibdi. U o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan bir pog‘onaga pasayib, 24-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Mintaqa jamoalari orasida, shuningdek,Yaponiya (44), Avstraliya (45), Janubiy Koreya (49) va Saudiya Arabistoni (59) O‘zbekistondan yuqori. O‘zbekistonning JCh-2018 ga saralash doirasida bir guruhdan joy olgan raqibi Xitoy termasi 77-o‘rinda. 

Eslatib o‘tamiz, shu yil 31 avgustida JCh-2018 ga saralash doirasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari xitoylik futbolchilarga qarshi to‘p suradi. 

Top