23:13 / 10.08.2017
11363

Hind faollari “taloq qilish” bekor qilinishini talab qilishmoqda

Hindiston oliy sudi raisiga musulmonchilikda ajrashish uchun qabul qilingan “uch karra taloq qilish” amaliyoti bekor qilinishi haqida petitsiya topshirildi, deb xabar berdilar mahalliy OAV.

Faollar oliy sudya Jagdish Singx Xexarga yo‘llagan maktublarida minglab hind ayollari erkaklar rafiqalari bilan hattoki ba'zan Skype, WhatsApp messenjerlari yoki sms-xabar orqali ogohlantirishsiz ajrasha olishlari mumkin bo‘lgan vaqtda ushbu amaliyotning bekor qilinishini kutayotganlarini ko‘rsatishgan.

“Biror huquqiy himoyaning yo‘qligi musulmon ayollarini ushbu ajrashish amaliyoti oldida zaif qilib qo‘ymoqda. Taloq qilingan ayol bir zumda boshpanasiz va nochor bo‘lib qoladi. U va uning farzandlari qo‘llab-quvvatlovsiz qoladilar», deb aytilgan maktubda.

Ta'kidlanishicha, taloq qilish ko‘plab musulmon davlatlarida taqiqlangan. Avvalroq Hindiston hukumati bu amaliyotni nodemokratik deb atab, uni bekor qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagandi.

Top