09:58 / 10.08.2017
11733

Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun viza talablarini soddalashtirdi

Qatar hukumati 80 mamlakat fuqarolari uchun viza talablarini soddalashtirdi va ularga mamlakatga kelishlari bilan viza berish imkonini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida Qatarning rasmiy turistik portali Visit Qatar'da xabar berildi. 

Birinchi ro‘yxatga Fransiya, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Turkiya kabi 33 mamlakat fuqarolari kiritilgan. Ular Qatarga kelishi bilan 180 kunga viza olishi mumkin.

Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarboyjon, Qozog‘iston kabi mamlakatlar kiruvchi 47 mamlakat fuqarolariga esa 30 kunlik viza beriladi. Mazkur viza yana 30 kunga cho‘zilishi mumkin. 

Top