11:10 / 10.08.2017
13084

Mirziyoyev Si Tszinpinga ta'ziya izhor etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Sichuan provinsiyasi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va vayronagarchiliklar yuzaga kelgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Xitoydagi zilzilada jabrlanganlar soni 343 kishiga yetgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top