09:51 / 10.08.2017
10076

OAV: Pentagonda KXDR harbiy obektlariga ogohlantiruvchi zarba berish bo‘yicha reja bor

Pentagon prezident Donald Tramp tegishli buyruq beradigan bo‘lsa, Shimoliy Koreya raketa obektlariga ogohlantiruvchi zarbalar berish bo‘yicha reja tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda NBC manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ikki nafar yuqori mansabli harbiy amaldorning xabar berishicha, bu rejada Guamdagi harbiy-havo kuchlari bazasidan parvoz qiluvchi Rockwell B-1 Lancer og‘ir bombardimonchisini qo‘llash muhim band sifatida belgilab qo‘yilgan.

Zarba raketalarni uchirish va sinov komplekslari maydonlariga beriladi.

Avvalroq KXDR Amerikaga zarba berish rejasini ma'lum qildi.

Top