17:30 / 10.08.2017
24216

Rossiya harbiy samolyotining Oq uy ustidan uchib o‘tishi tasvirlangan video e'lon qilindi

Tarmoqda Rossiyaning Tu-154 harbiy samolyotining Oq uy va AQSh prezidentining boshqa qarorgohlari ustidan uchib o‘tgani tasvirlangan videoyozuv paydo bo‘ldi.

Avvalroq OAV Rossiya samolyoti Kapitoliy, Pentagon, Oq uy va AQSh prezidentining boshqa qarorgohlari, shuningdek, Vashington yaqinidagi hukumat bunkeri ustidan uchib o‘tgani haqida xabar berdi.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, parvoz Amerika tomoni bilan Ochiq osmon to‘g‘risidagi kelishuv doirasida muvofiqlashtirilgan.

Keyinchalik Pentagon Rossiya HKK samolyoti Oq uy ustidan nega uchib o‘tganini tushuntirib berdi.

Mavzuga oid
Top