12:28 / 10.08.2017
9540

Rossiya Qirg‘izistonga ikkita harbiy-transport samolyotini berdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya mudofaa vazirligi Qirg‘izistonga ikkita An-26 harbiy-transport samolyotini beg‘araz berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Aleksandr Fomin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

«Biz bugun ikkita An-26 harbiy-transport samolyoti, shuningdek, ulardan foydalanish uchun zarur bo‘ladigan yer usti qurilmalarini topshirmoqdamiz», - degan Fomin Rossiyaning Qirg‘izistondagi Kant aviabazasida texnikalarni topshirish marosimida.

Mudofaa vaziri o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya har doim harbiy va harbiy-texnik sohadagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga katta e'tibor qaratadi.

«Bizning do‘stona va ittifoqchilik munosabatlarimiz Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va tinchlikning garovidir», - deya ta'kidlab o‘tgan Fomin.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev AQSh harbiy bazasi bo‘lgani uchun Qirg‘izistonga raketa zarbalari bilan tahdid qilishganini aytib o‘tgandi.

Top