17:53 / 10.08.2017
5279

Sergelida ilgari sudlangan shaxs yana eski ishlarini davom ettirayotganida qo‘lga olindi

Sergeli tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan ilgari narkotik modda iste'mol qilib va saqlab sudlangan shaxs eski ishlarini yana davom ettirayotganida qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sergeli tumanida 7 avgust kuni soat 17:30 da, 1953 yilda tug‘ilgan 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2–qismi bilan sudlangan, Sergeli tumanida yashovchi T.A.ning uyi ko‘zdan kechirilganida, temir shkafi ichida bo‘lgan “Impra” nomli choy qutisida 7,65 gr. “marixuana” giyohvand moddasi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan.

Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top