13:04 / 10.08.2017
6551

Suriya armiyasi Homsda IShIDning 80dan ortiq jangarisini yo‘q qildi

Suriya armiyasi Homs viloyati sharqida IShID terrorchilik guruhi jangarilarining hujumini qaytardi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, suriyalik harbiylar umumiy hisobda 80 dan ortiq terrorchini yo‘q qilishgan. Shuningdek, hukumat qo‘shinlari jangarilar qurol-yarog‘ini ham qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Suriya armiyasi Homsdagi IShID jangarilarini chekintirib, Raqqaga yaqinlashayotgani xabar berilgandi.

Top