13:04 / 10.08.2017
11187

Bosfor portida favqulodda holat e'lon qilindi

Bugun, 10 avgust kuni Turkiyadagi Bosfor portida favqulodda holat e'lon qilindi.

Hurriyet daily news'ning yozishicha, Turkiya hukumati Bosfor orqali o‘tuvchi kemalar harakatini noma'lum muddatgacha to‘xtatib qo‘ygan. Nashr manbasi ma'lumotiga ko‘ra, dengiz qirg‘oq bo‘yida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus operatsiyani amalga oshirmoqda.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Bosfor qirg‘og‘ida cho‘milish uchun suvga tushgan 17 yoshli Furqon Yildirim tanasi qidirilmoqda. O‘smir yigit o‘tgan oyning 15 sanasida bedarak yo‘qolgan bo‘lib, suvga cho‘kib ketgani taxmin qilinayotgan edi. Bugun, ertalabdan qidiruv ishlarini qaytadan boshlagan qutqaruvchilar Yildirimning tanasini qidirish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirmoqda.

Mavzuga oid
Top