11:59 / 10.08.2017
20054

O‘zbekiston milliy axborot agentligida rahbar o‘zgardi

O‘zbekiston milliy axborot agentligi rahbari Mamatqul Hazratqulov lavozimini tark etdi. «Kun» manbasi xabar berishicha, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ishga o‘tgan. U devonda OAV sektoriga mudirlik qiladi.

9 avgust kungi videoselektorda Shavkat Mirziyoyev Hazratqulov faoliyatiga yaxshi baho bergan, u haqida iliq fikrlar bildirgandi.

Uning o‘rniga endi yozuvchi va jurnalist Abdusaid Ko‘chimov O‘zAga rahbarlik qiladi. Bugungi majlisda u jamoaga tanishtirilgan.

Abdusaid Ko‘chimov 1951 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. U 1972 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Muqaddam O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari (1992-96), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari (1996-97), O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi (1997-2005), «Toshkent» teleradiokanali bosh direktori (2005-06) bo‘lib ishlagan. U 2006 yildan shu vaqtgacha «Xabar» gazetasida bosh muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatayotgandi.

Mavzuga oid
Top