08:19 / 10.08.2017
5429

Jakartaga IShIDdan qochib ketgan 17 indoneziyalik topshirildi

Suriyaning Raqqa shahriga IShID terrorchilik guruhi hokimiyati ostida yashash uchun kelgan indoneziyalik 17 fuqaro Indoneziya hukumatiga topshirildi. Ular keyinchalik shaharni tark etishgan, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Agentlikka suriyalik kurdlar vakili Umar Alloushning ma'lum qilishicha, indoneziyaliklar hukumat kuchlariga seshanba kuni Suriya-Iroq chegara punktida topshirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar, ayollar va bolalardan iborat bo‘lgan bu guruh o‘zlarini uyga qaytarishni so‘ragan. Iroq hukumati hozircha bu ma'lumotni tasdiqlamadi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ikki yil avval 17 kishidan iborat indoneziyaliklar oilasi Jakartani Suriyaga kelish va Raqqada IShID hokimiyati ostida yashash maqsadida tark etgan. Ular shafqatsizlik va terror bilan to‘qnash kelgach, bu yerdan qochishga qaror qilishgan.

Top