22:49 / 11.08.2017
28918

«Barselona» «Real» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi 

«Real» yarim himoyachisi Marko Asensio «Barselona» qiziqishlari doirasida turibdi. 
 
DailyMail ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi Marko Asensioning shartnomasidagi bir banddan foydalanmoqchi. 

Shartnomada futbolchining badal puli sifatida 150 mln yevro belgilangan. Ammo agar futbolchining o‘zi istasa, u istagan jamoa 80 mln yevro to‘lab, uni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. «Barselona» esa futbolchini og‘dirib olib, uni 80 mln yevro evaziga transfer qilishni rejalashtirmoqchi.

O‘tgan mavsumda ushbu 21 yoshli futbolchi 38 uchrashuvda qatnashib, 10 gol urgan va 4 golga uzatma bergan.

Top