15:25 / 11.08.2017
31064
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida sirtqi bo‘lim ochildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga masofaviy o‘qish elementlarini qo‘llangan holda sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish bo‘yicha abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-may № PQ-3003 “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash, melioratsiya va suv xo‘jaligi, gidrotexnika inshootlaridan foydalanish hamda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha muhandis-texnik kadrlar tayyorlash vazifasi belgilangan. 

Bunday kadrlarni mamlakatimizning qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga tayyorlab berishda asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti faoliyat ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga alohida hissa qo‘shayotgan oliy o‘quv yurtidir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jahondagi rivojlangan davlatlarning yetuk ta'lim muassasalari o‘quv jarayonlarini qiyosiy tahlil qilgan holda hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan yangi avlod o‘quv reja xamda dasturlari bo‘yicha 2017/2018 o‘quv yili uchun 25ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga masofaviy o‘qish elementlarini qo‘llangan holda sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi oliy ma'lumot olish imkoniyatini yaratdi.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ikkinchi oliy ta'limni sirtqi ta'lim shaklida olishni xohlovchilarni taklif qilamiz.

Arizalar joriy yilning 20 avgustigacha qabul qilinadi.

Top