11:14 / 11.08.2017
4783

Kamboja bosh vaziri laoslik harbiylardan mamlakat hududini tark etishni talab qildi

Kamboja bosh vaziri Xun Sen qo‘shni Laos davlatini mamlakat hududiga o‘z harbiylarini kiritishda aybladi hamda ulardan 17 avgustga qadar mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.

Xun Senning Pnompendagi tadbirda xabar berishicha, aprelda taxminan 30 nafar laoslik askar Kamboja bilan chegarani kesib o‘tgan.

"Men boshqa sabr qila olmayman. Jang qilishni boshlashimiz yaxshi ish bo‘lmaydi, biroq agarda ular chiqib ketmasa, biz buni qilishga majbur bo‘lamiz... Biz urush e'lon qilayotganimiz yo‘q, faqatgina o‘z hududimizdan chiqib ketishlarini talab qilmoqdamiz", - deya ma'lum qildi bosh vazir. Uning qo‘shimcha qilishicha, Laos hukumati bilan bu masala bo‘yicha bog‘langan.

Kamboja Laos bilan shimolda chegaradosh bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning umumiy uzunligi 400 kilometrga teng. 

Mavzuga oid
Top