07:58 / 11.08.2017
17072

Pentagon rahbari KXDR muammosini urush bilan hal qilishga tayyor

Foto: The Washington Times

Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy kuch qo‘llashga tayyor, biroq vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga ham harakat qilmoqda. Bu haqda The Washington Times xabar berdi.

«Vaziyatga harbiy yo‘l bilan yechim topish variantlari bormi? Albatta. Ularning tayyorlab qo‘yish mening vazifam», - dedi u.

Shu bilan birga, Mettisning ta'kidlashicha, AQSh KXDR bilan muloqot davomida diplomatiyani qo‘llash niyatida.

Avvalroq Pentagonda KXDR harbiy obektlariga ogohlantiruvchi zarba berish bo‘yicha reja borligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top