18:43 / 11.08.2017
34741

Shaxsiy shtamplar bekor qilindi

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i (2017 yil 1 avgust) bilan Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ilgari jismoniy shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun shaxsiy shtapmlardan foydalanish huquqiga ega edilar. IFO tushirilgan shaxsiy shtampni tayyorlash uchun ruxsatnoma olish zarur edi. Buning uchun ichki ishlar organlariga ariza topshirib, shtamp eskizining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan 2 nusxasini ilova qilish zarur edi.

Kiritilgan tuzatishlar natijasida mazkur tartib o‘z kuchini yo‘qotdi. Shu tariqa, shaxsiy shtamplar boshqa tayyorlanmaydi.

Bundan tashqari, muhr va shtamplarni tayyorlash tartibi aniqlashtiriladi. Quyidagilar aniqlashtirildi:

•  Adliya vazirligi, IIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, MBda davlat ro‘yxatidan (akkreditatsiyadan) o‘tkazilgan yoxud Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalariga ularni IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi beradi;
•  Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar adliya boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (hisobga qo‘yilgan) alohida bo‘linmalarga – Qoraqalpog‘iston IIV, Toshkent shahri IIBB va viloyatlar IIBning Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi beradi.

Mavzuga oid
Top