14:52 / 12.08.2017
5857

Fuqarolik urushi davom etayotgan Yaman 30 mingdan ortiq afrikalik qochqinni qabul qildi

Foto: Anadolu

Yamanga 2017 yilning boshidan beri 30 mingdan ortiq afrikalik qochqin keldi. Bu haqda BMT Bosh komissarining qochqinlar ishi bo‘yicha Boshqarmasi hisobotida aytiladi.

Mamlakatda ro‘y berayotgan fuqarolik urushiga qaramay, Afrikadan ko‘plab qochqinlar aynan shu davlatga kelmoqda. Yamanga o‘tgan yilda dengiz yo‘li orqali 117 mingdan ortiq qochqin kelgan.

Yamanda 2014 yildan beri qurolli mojaro davom etmoqda. Unda bir tomondan “Ansarulloh” shialar harakati isyonchilari va Yamanning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Ali Abdulloh Solihning tarafdorlari, boshqa tomondan esa – prezident Abdurabbo Mansur Hodiyga ishonch bildirgan hukumat qo‘shinlari ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid
Top