00:15 / 12.08.2017
9270

OAV: Hindistonda 48 soat ichida 30 bola kislorod berilishidagi muammo sababli vafot etdi

Foto: HT

Hindistonning Gorakxpur shahrida 48 soat ichida 30 bola hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bolalarning halok bo‘lishiga ular davolanayotgan shifoxonada kasallarga kislorod berishdagi muammolar sabab bo‘lishi mumkin: xususiy firma to‘lanmagan hisoblar sababli shifoxonaga kislorod ballonlari yetkazishdan bosh tortgan. 

Shtat hukumati kislorod yetkazilishidagi uzilishlar va bolalar o‘limi o‘rtasida aloqa yo‘qligini ta'kidlamoqda, chunki bolalar o‘limi vaqtida zaxiradagi kislorod ballonlarini ishlatish imkoniyati bo‘lgan.

Top