21:23 / 12.08.2017
7283

Oliy Liga. «Mash'al» mehmonda g‘alaba qozondi. «Qo‘qon» «Obod»dan ustun keldi

O‘zbekiston chempionatining 17-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ulardan birida «Metallurg» o‘z uyida «Mash'al»ni qabul qilib, kichik hisobda imkonyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek «Qo‘qon» ham o‘z uyida «Obod»ni qabul qilib Javohir Sidiqovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Qo‘qon» hisobidagi ochkolar soni 30taga yetdi va jamoa 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Mash'al» esa 24 ochko bilan 8-pog‘onaga joylashgan.

Oliy liga 17-tur

«Metallurg» – «Mash'al» 0:1 (0:1)

Gollar: Bobur Qosimov (18). 
«Metallurg»: Zafar Safoyev, Abror Xusinov, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov (Muhammadjon Sultonov 70), Ayubxon No‘'monov, Murodjon Toshmatov, Zohid Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovutdinov, Islombek Isoqjonov
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Humoyun Murtazoyev (Siroj Meliyev, 90), Shahzod Shaymanov, Abbos Shodmonov, Zohir Qo‘ziboyev, Bobur Qosimov, Nikita Pavlenko (Sardor Abduraimov, 67), Igor Timanyuk, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (Mirzakamol Kamolov, 79)
Chetlatish: Igor Timanyuk (65, Mash'al)
 
«Qo‘qon-1912» – «Obod» 1:0 (1:0)

Gol: Javohir Sidiqov (25).
«Qo‘qon-1912»: Aziz Ashurov, Bahodir Akramov, Jamshid Hasanov, Nosir Otaqo‘ziyev (Andrey Sidorov, 79), Javohir Sidiqov, Suhrob Berdiyev (Xushnud Avilov, 90+2), Aleksandr Merzlyakov, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Murod Xolmuhammedov, Filip Rayyevats (Quvondiq Ro‘ziyev, 46).
«Obod»: Shoxruh Eshbo‘tayev, Sanjar To‘raqulov (Doston Abdurahmonov, 90+1), Temur Vasilev, Abdurasul Komilov, Alisher Mirzayev, Bosit Rahimov, Rustam A'zamov, Burhon Usmonov (Pavel Solomin, 56), Temur Tolipov (Mirjahon Mirahmadov, 83), Elbek Ravshanov, Obid Hakimov.

Mavzuga oid
Top