12:17 / 12.08.2017
3780

Peru prezidenti yangi islohotlar o‘rniga davlat boshqaruvini yaxshilashni taklif qilmoqda

Foto: Reuters

Peru prezidenti Pablo Pedro Kuchinskiy yangi iqtisodiy islohotlarni joriy etib, rivojlanish sur'atlarini oshirishga harakat qilgandan ko‘ra, ma'muriy boshqaruvlardagi islohotlarni o‘tkazishni ma'qullamoqda. U bu haqda juma kuni Reuters agentligi muxbiriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan.

"Lotin Amerika Investitsiya Sammiti" paytida prezident Kuchinskiy mamlakat iqtisodiyotining sekin rivojlanishidan xavotirda ekanligini aytgan. "Bu ko‘rsatkichlar (2,5%) o‘tgan yilgidan sal farq qilyapti, kelgusi oylarda deyarli o‘zgarishsiz qolishi mumkin. And tog‘laridan olinayotgan resurslar va oltin narxining oshishi evaziga iqtisodiy barqarorlikka erisha olmaymiz", - deydi u.

"Barcha yangi islohot tashabbusi bilan chiqmoqda, lekin mahalliy qonunchiligimiz bazasi 32,000 ta hujjat bo‘lib to‘lib turgan bir paytda yana yangi qonun loyihasi bilan chiqish samarali yechim emas. Bizga yaxshi boshqaruv mexanizmi kerak, to‘planib qolgan qonunlar, qog‘ozbozlik va katta nazorat masshtabi boshqaruvni qoloqlashtirib qo‘ydi", - deb qo‘shimcha qildi Pablo Pedro Kuchinskiy.

Amaldagi prezident Perudagi siyosiy hayotga kirib kelishidan avval, AQShda istiqomat qilib, Jahon banki hamda Xalqaro Valyuta fondida faoliyat olib borgan yetuk iqtisodchi hisoblanadi.

Top