13:13 / 12.08.2017
13943

Sergelida voyaga yetmagan bosqinchilar ushlandi

Arxiv foto

2017 yilning 7 avgust kuni taxminan soat 23:50 larda uch nafar noma'lum shaxs bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida Sergeli tumani hududida fuqaro Sur'at Valiyevning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uning sog‘ligi va xayoti uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, bo‘yniga arqon tashlab, pichoq bilan qo‘rqitib, mol-mulkini ularga berishini talab qilishgan, biroq S.Valiyev ularga qarshilik ko‘rsatib, avtomashina salonidan tushib ketgan, shunda talonchilar ham jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari (bosqinchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlatib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Aleksandr Pak va voyaga yetmagan Yan Kalan, Roman Shepelevlar sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Foto: guvd.uz

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Top