15:13 / 12.08.2017
8990
Tramp Xitoyning huquqbuzarligini o‘rganish uchun tergov ishlarini boshlamoqchi
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp texnologik yutuq va intellektual mulk huquqlarini poymol etayotganlikda ayblanayotgan Xitoyga nisbatan tergov jarayonlarini boshlashini bildirdi, deb xabar berdi Politico nashri.

Nashrning prezident ma'muriyatidagi manbasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Donald Tramp buni dushanba kuniyoq amalga oshirmoqchi. Bu jarayonda 1974 yil qabul qilingan "Savdo to‘g‘risida"gi qonunning 301-moddasini amalda ishlatish rejalashtirilgan. Ikki tomon o‘rtasida olib boriladigan savdo muzokaralarida AQSh vakillaridan Robert Laytxayzer ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni qonun bandlari AQShga bir tomonlama import yoki eksport ko‘lamini cheklab qo‘yish huquqini taqdim etadi.

Politico'ning yozishicha, AQSh rasmiylari Xitoy tovarlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni tezkorlik bilan qabul qilishi ehtimoldan uzoq. Shunga qaramay, Tramp ma'muriyati sekin-asta bu bosqichni ham bosib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, Xitoy dunyodagi eng katta temir resurslarini eksport qiluvchi davlatlar ro‘yxatini boshqarib keladi. AQSh tadbirkorlari bu turdagi mahsulotlarni Xitoy bozoridan tashqarida xarid qilib olishi katta foyda keltirmasligi turgan gap.

Top