21:57 / 13.08.2017
5905

Iroqda ikki nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi

Foto:AFP 2017 / Odd Andersen

AQSh armiyasi generali, Iroqda IShIDga qarshi operatsiyaga qo‘mondonlik qiluvchi Stiven Taunsend Iroq shimolidagi jangovar harakatlar davomida ikki amerikalik harbiy halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Uning aytishicha, yana 5 askar jarohat olgan. Taundsen IShIDga qarshi kurashuvchi butun koalitsiya nomidan halok bo‘lgan harbiylar oilalariga ta'ziya bildirdi.
 
“IShIDga qarshi kurashuvchi butun koalitsiya bu qahramonlar oilalari, do‘stlari va safdoshlariga o‘zining chuqur ta'ziyasini yo‘llaydi. Men sizlarga qanday hurmatni his qilishimni va sizning yo‘qotishingiz sababli men his qilayotgan qayg‘uni ta'riflashga so‘z yo‘q”, deb aytilgan Taunsend bayonotida.
 
Harbiylarning o‘limi tafsilotlari oshkor qilinmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ular dushman bilan to‘qnashish oqibatida halok bo‘lmaganlar. 

Mavzuga oid
Top