19:16 / 13.08.2017
8430

Rim papasi dindorlarni bashoratchilarga murojaat qilmaslikka chaqirdi

Foto: AP Photo / Alessandra Tarantino

Rim papasi Frantsisk dindorlarni munajjimlar bashorati va folbinlarga ishonmaslikka chaqirdi. Bu haqida 13 avgust kuni Catholic News Agency nashri xabar berdi. 

"Odamlar o‘ziga ishonch hosil qilish uchun munajjimlar bashorati va folbinlarga murojaat qilib, tubanlashib boradi", - dedi pontifik Vatikandagi Muqaddas Pyotr maydonidagi targ‘iboti vaqtida. Rim papasi "Xudoga bo‘lgan ishonch hayot bo‘ronlaridan qutqara olmasligi va turmush muammolari yechimi bo‘la olmasligi"ni yodga soldi. 

Xristian dinida, jumladan katolitsizmda astrologiya hamda folbinlik va bashoratlarning barcha shakllari qoralanadi va inkor etiladi, deyiladi manbada. 

Top