18:32 / 13.08.2017
6943

Suriya insonparvarlik yordamiga muhtoj

Rossiya xalqaro tashkilotlardan Suriya aholisiga insonparvarlik yordami ko‘rsatilishini kutmoqda, dedi RF Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu "Rossiya 24" telekanali efirida

"Bugun biz aytamiz: "Insonparvarlik yordamini deeskalatsiya zonalariga keltiring, u yerda hamma joy ochiq. Agar o‘zingiz olib kela olmasangiz, o‘zimiz keltiramiz. Biroq biz ham ona, ham ota bo‘la olmaymiz. Shu bois, albatta, bu yerda BMT va gumanitar tashkilotlarining qo‘llab-quvvatlashi kerak", - dedi u. 

Shoygu Rossiya va xalqaro gumanitar tashkilotlarning hamkorlikdagi ishi qochqinlar masalasida barqarorlikka olib kelishini qo‘shimcha qildi. "Shundan keyin qochqinlar o‘z uyiga qayta boshlaydi, avval Suriyaning ichida, keyin esa boshqa mintaqalardan", - dedi vazir.

Mudofaa rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir necha yildan beri IShID harbiylari tomonidan egallab kelinayotgan Dayr az-Zorni debloklash ko‘p jihatdan Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurashning tugashiga ishora qiladi.

"Bugun asosiy nuqtalar bor, Dayr az-Zor ham shular jumlasidandir. Aytish mumkinki, birinchi navbatda Dayr Aaz-Zor. U yerdagi nizolar birinchi yil davom etayotgani yo‘q. U yerga haftada ikki-uch, ba'zan esa to‘rt marta oziq-ovqat, tibbiyot vositalari, jangovor qurollar yetkazib beriladi. Bu IShID bilan kurashishning tugashiga ishora qiluvchi Frotning asosiy nuqtasi desa ham bo‘ladi", - dedi Shoygu. 

Top