13:31 / 14.08.2017
7662

12 avgust kuni Toshkentda 5 ta YTH yuz berdi, 7 nafar inson jarohatlandi

2017 yilning 12 avgust kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 12 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2515 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 656 tasini qo‘pol turdagi, 33 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 12 avgust kuni jami 334 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 152 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 182 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top