12:05 / 14.08.2017
37476

Dunyoning eng yuqori texnologik 15 shahri haqida

Butun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma'lumotga ko‘ra, kelgusi 35 yil ichida Yer yuzi aholisining 2/3 qismi shaharlarda muqim yashay boshlaydi. Ayni ko‘rsatkich raqamlarda 2,5 milliard inson haqida ketayotganini bildiradi. Bunda, yuqori texnologik yechimlar bilan jihozlangan infratuzilmaga ega shaharlargina qulay yashash sharoitini taqdim etishi mumkin.

Kelajakda eng yaxshi yashash sharoitlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini tuzish uchun, innovatsion muhit rivojlanishini tadqiq etuvchi 2thinknow xodimlari 10ta omilga ko‘ra tekshiruv ishlarini o‘tkazdi. Shundan so‘ng bunday shaharlar sirasiga 85ta maskan kiritilgan bo‘lib, ularning eng kuchli o‘nbeshtaligini Niderlandiya poytaxti Amsterdam yakunlagan.

15. Amsterdam, Niderlandiya

2025 yildan boshlab shahar ma'muriyati ko‘chalarda benzin, dizel va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan harakatlanuvchi avtomobillarni saqlashni taqiqlab qo‘ygan. Shaharda yaratilgan energiya tejamkor tizim, moliyaviy texnologik yechimlar va yoqimli tabiat atrof-muhiti barchani birdek bu yerda yashashga undaydi.

14. Vankuver, Kanada

Ko‘pchilik nazdida Kanada sovuq va muzlar o‘lkasi kabi gavdalanadi, ammo 2014 yili CBS telekanali namoyish etgan lavhada mamlakat yirik shaharlaridan biri Vankuver allaqachon shimoliy silikon vodiysiga aylangani tasvirlangan. Shu kunlarda Vankuver shahrida 600dan ortiq raqamli media yoki 2 milliard AQSh dollariga teng sarmoyaga ega kompaniyalar faoliyat olib boradi.

13. Stokholm, Shvetsiya

Kelgusi 5 yil ichida Stokholm shahri naqd pul muomalasi hamda uglevodorod yoqilg‘isidan batamom voz kechishini ma'lum qildi. Bu esa tom ma'noda raqamli islohotlarning eng yirigi deb atasa bo‘ladigan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Stokholm shahri hozirgi kunlarda venchur sarmoyalari kiritilayotgan shaharlar qatorida yetakchi o‘rinlarda tilga olinadi.

12. Tokio, Yaponiya

Yaponiya poytaxti metrosi kuniga 2,3 milliard yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Tokio bunday rivojlanish marrasiga transport va infratuzilma sohasidagi texno islohotlarsiz erisha olmas edi. 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Tokio uchun bunday yirik tadbir hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasligi aniq.

11. Dallas, AQSh

2016 yil kuzatuvchilar tomonidan tuzilgan ro‘yxatda 28-pog‘onada qayd etilgan Texasning Dallas shahri qisqa muddat ichida ko‘plab startap loyihalarini o‘ziga jalb eta boshladi. Janubiy shahar rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘yicha poytaxt Kolumbiya okrugini ortda qoldirib ketgan.

10. Chikago, AQSh

Mafiya guruhlarining yurti bo‘lib kelgan Chikago endilikda urban innovatsiyalar makoniga aylanmoqda. O‘rta g‘arbiy hududda bunday texnologik o‘zgarishlar va sharoitlarning ko‘payishi, aslida, kutilmagan holat bo‘lsa ham, Illinoys shtatida texnologik hayotning kelajagi bor.

9. Toronto, Kanada

Shu o‘rinda Cisco‘ning yurti bo‘lmish Toronto shahri haqida eslab o‘tish joiz, deb bildik. Boisi bugungi kunga kelib, Kanadada AKT sohasining yetakchi kompaniyalarining 30 foizi mana shu shaharda joylashgan.

8. Singapur

Bu mitti shahar-davlat hududida o‘zingizni boshqa olamda his etishingiz uchun arzirli sabablar bor. Mahalliy ma'muriyat nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlikda ommaviy transport vositalaridan foydalanishni rivojlantirish yo‘lida katta loyihalarga qo‘l urmoqda.

7. Boston, AQSh

Mo‘'jazgina Amerika shahrida dunyoga mashhur Harvard, Massachusets, Taft singari universitetlar biotexnika, robototexnika sohalarida ulkan zafarlarga erishmoqda.

6. Seul, Koreya

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida yaratilgan transport, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma hamda moliyaviy sohadagi barcha muassasalar to‘liq elektron shaklda xizmat ko‘rsata oladi. Bu haqiqatan kelajak shahri. 2thinknow mutaxassislarining aytishicha, aynan shu shaharda eng ko‘p texnologiyaga oid patentlar rasmiylashtiriladi.

5. Teybey, Tayvan

Asus, Acer va Gigabyte kabi yirik kompaniyalarga «boshpana» bo‘lgan Teybey shahrida sanoat dizayni hech qayerda takrorlanmasa kerak. Unda faoliyat olib borayotgan startap loyihalarning kelajagi yuqori qiymatda baholanmoqda.

4. Los-Anjyeles, AQSh

Hollivud va uning tarmoq sohalari evaziga rivojlanayotgan Los-Anjyeles shahri AKT sohasidagi mutaxassislar oson ish topishi mumkin bo‘lgan mintaqa hududlaridan biri hisoblanadi.

3. London, Buyuk Britaniya

Yevropadagi eng katta sarmoya talab etuvchi loyiha, CrossRail'ni boshlab yuborgan London so‘zsiz eng yaxshi transport tizimiga ega shaharlardan biridir. 2018 yilga qadar unda mavjud 30 metro bekatiga yana 10ta yangi qurilayotganlari ulanadi.

2. Nyu-York, AQSh

Sherlar shahrining texnologik quvvati ancha eskirib qolgan, ammo 2013 yildan ishga tushgan LinkNYC loyihasi kutilmaganda katta natijalarni ko‘rsatmoqda. Ayni paytda shahar texnologik tizimlarining muloqotini ta'minlash uchun 500ta nuqtada bepul wi-fi to‘lqinlari ishlab turibdi.

1. San-Frantsisko, AQSh

Silikon vodiysi, dunyo texnologik inqiloblari yaratiladigan maskan, albatta, San-Frantsiskosiz bu ro‘yxatni tasavvur ham qilib bo‘lmasa kerak.

Top