16:22 / 15.08.2017
21098

“Chilonzor” buyum bozoridagi zo‘ravon qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan “Chilonzor” buyum bozori oldida tanishini urib, tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumanida 7 avgust kuni soat 00.10 da, Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan «Chilonzor» buyum bozori oldida, 1975 yilda tug‘ilgan, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, ishlamaydigan, Bektemir tumani, Qo‘qon darvoza ko‘chasida yashovchi N.A. o‘zaro janjal oqibatida, tanishi, 1982 yilda tug‘ilgan, Bektemir tumani, Bilolnozim ko‘chasida yashovchi K.A.ni urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, ushlandi.

Chilonzor tuman IIB tomonidan fuqaro N.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top